Markaziy Osiyo hamjamiyatining konseptual asoslari va modeli
25-May, 2026
Matbuot Xizmati
787 ko'rilgan

Markaziy Osiyo hamjamiyatining konseptual asoslari va modeli

Markaziy Osiyo hamjamiyatining konseptual asoslari va modeli mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

 

AXBOROT XATI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-son buyrugʻi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, anʼanaviy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirishga qaratilgan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning  21-22-may kunlari Diplomat Universityda Markaziy Osiyo hamjamiyatining konseptual asoslari va modeli mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazish belgilangan.

Mazkur anjuman Markaziy Osiyo hamjamiyatining konseptual modeli, mintaqaviy integratsiyaning siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik, madaniy-gumanitar hamda ekologik o‘lchovlari, zamonaviy global va mintaqaviy chaqiriqlar sharoitida hamjamiyatning rivojlanish strategiyalariga bag‘ishlanadi.

 Shuningdek, xalqaro tajriba, transchegaraviy hamkorlik, ilm-fan va ta’limning mintaqaviy jarayonlardagi o‘rni hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi institutsional muloqotni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

 

Anjuman quyidagi sho‘balar doirasida ish olib borishi rejalashtirilgan:

1-sho‘ba. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyaning tarixiy va zamonaviy determinantlari;

2-sho‘ba. Mintaqaviy integratsiya masalalariga oid nazariy yondashuvlar hamda jahon tajribasi;

3-sho‘ba. Markaziy Osiyo davlatlarida mintaqaviy hamkorlik hamda intergratsiyaga oid qarashlar;

4-sho‘ba. Markaziy Osiyo hamjamiyatining konseptual asoslari va modeli masalasi.

Ilmiy-amaliy anjuman ishida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

 

Ilmiy-amaliy anjuman materiallarini (maqola va tezislar)
rasmiylashtirish tartibi va texnik talablar:

 

- taqdim etiladigan materiallar konferensiya ilmiy yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan holda, imlo xatolarsiz taqdim etilishi lozim;

- materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;

- ma’ruza tezislari matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchamda, yuqoridan va pastdan 2 sm. chapdan 3 sm. o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Yuqori qismda o‘rtada maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, elektron manzili va telefon raqami yoziladi. So‘ngra, 1,0 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi
MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 3-5 bet hajm doirasida bo‘lishi talab etiladi.

- taqdim etiladigan materiallarda konferensiyaning ilmiy sho‘basi aniq ko‘rsatilishi zarur.

Materialda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va plagiatdan holiligiga muallif javobgar hisoblanadi.

Tashkiliy qo‘mita yuborilgan materiallarni tahrir qilish va tanlash huquqiga ega. Anjuman mavzusiga mos bo‘lmagan, tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Anjumanda ishtirok etish uchun maqola va tezislar 2026-yil 1-may kuniga qadar qabul qilinadi.

 

  • telegramBOT: @dukonferensiya_isfkbot;
  • Tel: +998912700930, +998935120320, +998909960102
  • E-mail: ametov.81@mail.ru

 

Anjumanda materiallarni chop etish bepul.

Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 1-uy, 208-xona, “Ijtimoiy va siyosiy fanlar” kafedrasi.  

(yuklab olish)

Havola nusxalandi!
Operator
Qabul bo'limi
Ariza qoldirish
Assalomu alaykum! Ta'lim yo'nalishlarimiz bo'yicha ariza qoldiring.