Aziz professor-o'qituvchilar, talabalar, ota-onalar!
07-Dek, 2025
Matbuot Xizmati
1313 ko'rilgan

Aziz professor-o'qituvchilar, talabalar, ota-onalar!

Avvalo, ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

🇺🇿Konstitutsiyamiz mamlakatimizda milliy mustaqilligimizni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni saqlash, islohotlarning ortga qaytmas tus olishini ta’minlashda doimo ishonchli kafolat bo‘lib kelgan.

Xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli va amaliy ifodasi bo‘lgan Asosiy Qonunimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Bayram muborak bo'lsin!

Umid Mahmudov,
Rektor

Havola nusxalandi!
Operator
Qabul bo'limi
Ariza qoldirish
Assalomu alaykum! Ta'lim yo'nalishlarimiz bo'yicha ariza qoldiring.